Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLALARDA “YASHIL MAKON” LOYIHA KO‘LAMI VA QAMROVI TOBORA KENGAYMOQDA

×

 2023-10-25 09:24:00    171

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi keng quloch yoymoqda. Buning samarasi o‘laroq, shahar va tumanlarimiz, mahalla va qishloqlarimizni ko‘kalamzorlashtirish, atrof-muhit sofligini saqlash, mevali va manzarali daraxtlarni ko‘paytirish borasida ko‘zga ko‘rinarli ishlar amalga oshirildi. 
Yaqinda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yashil makon” kuzgi mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida shu yilning 25 oktyabridan boshlab kuzgi daraxt ekish mavsumi e’lon qilindi. 
Toshloq tumanida ham “Yashil makon” kuzgi mavsumiga alohida tayyorgarlik ishlari olib borildi. Ayni kunlarda loyiha doirasida tumandagi barcha mahallalarda ko‘chat ekish tadbirlari tashkil etilmoqda. 
Xususan, “So‘filar” MFYda aholi faolligida hududlarda hamda xonadonlarda ko‘chat ekish tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ushbu xayrli tadbirlarga mahalla faollari, ko‘chaboshi hamda xonadon egalari mas’ul sifatida biriktirilib, mevali, manzarali ko‘chatlar ekilmoqda.