Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 69 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TO‘QSONBOSTI EKINLARNI EKISH BO‘YICHA SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-10-26 08:48:11    188

PDF yuklash
Chop etish


Seminarda viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov, sektor rahbarlari hamda bog‘dorchilik, dehqon xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.
Unda so‘zga chiqqanlar ekin yerlariga to‘qsonbosti ekinlarini ekishni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berib o‘tdilar. Ekinlardan bo‘shagan maydonlarni sifatli haydab, sovuqqa chidamli ekinlarni ekish, yerdan oqilona foydalanish muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlandi. Seminarda ekish muddatlarini aniqlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi.
Seminarda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Alibek Tursunov aholining oziq-ovqat, jumladan, qishloq xo‘jaligi maxsulotlariga bo‘lgan talabini qanoatlandirish, yerdan samarali foydalanib, sug‘oriladigan maydonlardan bir yilda ikki-uch marta hosil olish, buning uchun tuproqning meliorativ holati hamda unumdorligini yaxshilash hamda tumanda  to‘qsonbosti ekinlarini ekishni jadallashtirish zarurligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, seminarda oziq-ovqat zaxarasini yaratish, yerdan unumli foydalanib, to‘qsonbosti ekinlarini ekishni afzalliklari haqida ma’lumotlar berib o‘tildi. Bundan tashqari dala chetlariga mevali daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha topshiriqlar berildi.