Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA "YASHIL MAKON" UMUMMILLIY LOYIHASINING KUZGI KO‘CHAT EKISH ISHLARI JADAL OLIB BORILMOQDA

×

 2023-10-27 10:03:47    160

PDF yuklash
Chop etish


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tuman hokimligi, mehnat faxriylari, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari hamda tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekish ishlari olib bormoqda.
Bugun ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirlari davom ettirildi. Uy-joylar atroflaridagi, yo‘l yoqalari va boshqa bo‘sh yer maydonlarida turli daraxt ko‘chatlari o‘tkazildi.
Tadbirlarda aholi vakillari, faollar, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi vakillari hamda ko‘ngillilar ishtirok etishmoqda. Farg‘ona-Quva magistral yo‘lining Toshloq tumani hududidagi yer maydonida “Yashil makon” bog‘i yaratildi. Shu kunning o‘zida 500 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Daraxt ko‘chatlarini ekish ishlariga tuman Obodonlashtirish boshqarmasidan yetarli texnikalari ajratildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuhratjon Musayevlar ishtirok etdi.
Bundan tashqari “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Hokimlik bog‘i” ham tashkil etildi. Hududdagi notekis tuproq qatlami tekkislanib, tuproq mahalliy o‘g‘itlar bilan boyitildi.