Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQLIK CHYeMPIONLAR MUNOSIB KUTIB OLINDI

×

 2023-11-01 16:20:18    252

PDF yuklash
Chop etish


Joriy yilning 18-22 oktyabr kunlari Samarqand viloyatida sportning “Turon” yakkakurashi (U-11) yoshli o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati sport musobaqalari o‘tkazildi. Quvonarlisi ushbu musobaqalarda Toshloqlik 3 nafar sportchilar Muhammadjon Mo‘ydinjonov 1-o‘rin, Ro‘zimuhammmad Komilov 2-o‘rin, Muhammadjon Haydaraliyev 2-o‘rinni qo‘lga kiritib g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldilar.
9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida musobaqa ishtirokchilari va sovrindorlari tantanali ravishda kutib olindi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov, tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari M.Dehqonov va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari D.Yuldashevlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov musobaqada ishtirok etgan sportchilar va ularning ota-onalarini samimiy qutlab, erishilgan natijalarda sportchilarning murabbiyi Shoxjaxon Nabijonovning ham xizmatlari katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbir yakunida musobaqa sovrindorlari hamda murabbiy munosib taqdirlandi.