Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2023-11-02 10:04:19    222

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni 2023-2024 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash borasida hududlarda tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu borada tumanda ishchi guruhlari tashkil etilib, mavsumga tayyorgarlik ishlari qat’iy nazorat qilib borilmoqda.
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan keng qamrovda amalga oshirilmoqda. Tadbirlar-rejasiga ko‘ra, aholi yashovchi punktlarda havo liniyalari daraxt shoxlaridan tozalanib, mavjud transformatorlar joriy ta’mirdan chiqarilmoqda. Natijada elektr energiyasining sifatli ta’minlanishiga erishilmoqda. 
Toshloq tumani elektr ta’minoti korxonasida kuz–qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha joylarda qo‘shimcha avariya–tiklash brigadalari faoliyati tashkil etilib, ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilgan.