Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


AYNI KUNLARDA TOSHLOQ TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA JIDDIY TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

×

 2023-11-04 16:18:36    194

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’yektlari va ko‘p qavatli uylarni kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash borasida zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Toshloq tumanida ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida sektorlar kesimidagi ishchi guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hududlarda kunlik o‘rganish ishlari olib borilmoqda.  Toshloq tumanida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish maqsadida umumta’lim maktablarida ham puxta tayyorgarlik ishlari olib borildi.  Prezidentimizning “Ijtimoiy soha ob’yektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, tumandagi 52 ta umumta’lim maktablari, 17 ta tibbiyot muassasasi hamda 3 ta madaniyat va sport ob’yektlari davlat xususiy sheriklik tamoyili asosida boshqaruvga berildi. Unga ko‘ra, ta’lim maskanlarida “Rayyona biznes taʼmir” MCHJ tomonidan modernizatsiya ishlari olib borildi.
Shu kunga qadar 41 ta umumta’lim maktablaridagi yaroqsiz isitish qozonlari yangilanib ishga tushirildi. Ushbu qozonxonalar qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi moslamalar bilan jihozlandi. Shuningdek, 5350 tonna ko‘mir keltirilib, kuz-qish mavsumi uchun zaxira yaratildi.
Bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar 11-, 12-, 40-umumta’lim maktablarida bo‘lib, isitish tizimini xolatini ko‘zdan kechirdilar. Ushbu maktablardagi isitish qozonlari ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan, tejamkor qozonlarga almashtirilgan.