Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“XOTINQUMI” MFYDA YANGI ELEKTR TARMOGʻI TORTILMOQDA

×

 2023-11-14 15:30:50    283

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Toshloq tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni betalofat o‘tkazish maqsadida puxta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari qizg‘in olib borilmoqda. Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash maqsadida belgilangan dasturlar doirasida joylarda keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Davlat dasturiga ko‘ra, “Xotinqumi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Mo‘jiza ko‘chasida yashovchi aholi xonadonlarining elektr energiyasi ta’minoti sifatini yanada yaxshilash maqsadida 1 dona 250 kVa bo‘lgan yangi transformator, 150 dona temir-beton tayanchlari o‘rnatilib, 3 km.lik yangi SIP kabellari tortilmoqda.
Ushbu davlat dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida mahalladagi 200 ga yaqin xonadonlarning elektr energiyasi ta’minoti yaxshilanmoqda.