Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HOKIM QABULIDA MUROJAATLARGA YeCHIM IZLANDI

×

 2023-11-14 15:57:55    296

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev aholi vakillari bilan uchrashdi. Unda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar atroflicha muhokama etildi.  
Qabulda asosan, fuqarolarning ishga joylashish, yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, eskirgan transformatorlarni almashtirish, imtiyozli kredit olish, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma, moddiy yordam olish, uy-joy ajratilishi, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqa qator masalalarga oid murojaatlar qabul qilindi.
Qabul davomida murojaatlarning aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. Yechimi ma’lum vaqt talab etadigan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.