Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O‘ZBEKISTON – UMUMIY UYIMIZ!

×

 2023-11-16 16:19:00    227

PDF yuklash
Chop etish


Xabaringiz bor, yurtimiz bo‘ylab 16-noyabr Xalqaro bag‘rikenglik kuniga bag‘ishlab “Bag‘rikenglik haftaligi” e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan bugun Toshloq tumanidagi 34-umumta’lim maktabida haftalik doirasida "O‘zbekiston-umumiy uyimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.
Maktab o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’ruzachilar O‘zbekistonda yashayotgan turli xalqlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va hamjihatlikni mustahkamlashga, uning qonuniy asoslarini yaratishga jiddiy e’tibor qaratilganligi, ushbu tamoyillar Asosiy Qomusimiz va barcha qonunlarimizda aniq va qat’iy muhrlab qo‘yilganligini ta’kidlab o‘tdilar. 
Tadbirda “Bag‘rikengik” mavzusidagi video rolik namoyish etilib, o‘quvchilar tomonidan millatlararo totuvlikni mustahkamlashni ifodalovchi chiqishlar namoyish etildi. 
Tadbir davomida mamlakatimizda yoshlarning tinch va totuv yashashlari yurtimizda turli millat va elatlarning bir tanu-bir jon bo‘lib yashab kelayotganliklari, buning uchun berilgan ne’matlarga shukronalik hissini shakllantirish, shuningdek, hozirgi kundagi ijtimoiy tarmoqlardagi turli chaqiruvlar hamda buzg‘unchiliklarga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, terrorizm va ekstremizm va radikalizmning yoshlar ongiga salbiy ta’siri, yoshlarning odob-ahloqlari ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish mavzularida so‘z bordi.
Shunday tadbirlar 20- hamda 35-umumta’lim maktablarida ham o‘tkazildi. Tadbirlar davomida “O‘zbekiston umumiy uyimiz” nomli video rolik namoyish etildi.