Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“MUQADDASDIR VATAN BAYROGʻI” SHIORI OSTIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-11-17 17:44:54    235

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan Toshloq tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida "Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 
"Muqaddasdir Vatan bayrog‘i" shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda sektor rahbarlari, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlari va yoshlar ishtirok etdilar.    Dastlab, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev tadbir ishtirokchilarini sana munosabati bilan muborakbod etdi. Ushbu bayramning mazmun-mohiyati, bayrog‘imizning davlat ramzi ekani, uning yoshlarda milliy vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi ahamiyati haqida to‘xtaldi. O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’ala ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Tadbirda ishtirok etgan ma’ruzachilar davlat bayrog‘idagi oy va yulduzlar hamda ranglar haqida to‘xtalib, moviy rang musaffo osmon, tinchlik va osoyishtalik ramzi ekani, buyuk sarkarda Amir Temurning davlati bayrog‘i ham moviy rangda bo‘lgani va bir tug‘ ostiga 27 davlatni birlashtirganini alohida e’tirof etishdi.
Yoshlar ishtirokida Vatanni, istiqlolni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlar sadosi ostida bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.