Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAHALLADA ISSIQXONA DAROMAD MANBAIGA AYLANGAN

×

 2023-11-21 15:02:15    213

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilib, turli yo‘nalishlarda tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun ko‘maklashilmoqda. 
Shu jumladan “Xonariq” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Zikrillo Solijonov ham joriy yilda xatlov asosida ro‘yxatga olingan fuqarolarga hamda murojaat qilganlarga imtiyozli kreditlar ajratdi. Kreditlar evaziga fuqarolar o‘z xonadonlariga issiqxonalar barpo etib, daromad topmoqdalar.  
Hududda yashovchi Ulug‘bek Ortig‘aliyev Rossiya Federatsiyasida ishlab kelar edi. Uni o‘zimizda ham doimiy ish va daromad bilan ta’minlash maqsadida 20 million so‘m imtiyozli kredit ajratib berildi. Natijada xonadonida bo‘sh turgan 2 sotixli yer maydoniga issiqxona tashkillab ismaloq va turli ko‘katlar ekib dastlabki daromadini olishni boshladi. 
-Mehnat qilgan kishi kam bo‘lmas ekan. Mana issiqxonani tashkil qilib biz ham kam bo‘lmayapmiz. Yetishtirgan mahsulotlarimizni uyimizni o‘zidan kelib olib ketishyapti. Endi yana bitta issiqxona tashkillash niyatimiz bor. Shunday ekan chet davlatga borib ishlab kelishga ham xojat qolmaydi. O‘z yurtimizda, o‘z xonadonimizda mehnatimiz samarasini ko‘rib yashash baxti boshqacha ekan, -deydi U. Ortig‘aliyev.