Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA “KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI” DOIRASIDA YIGʻILISH O‘TKAZILDI

×

 2023-11-22 14:26:48    230

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining 2023 yil 17 noyabrdagi “Viloyat hududida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishiga asosan 2023 yil 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilindi.
Bugun Toshloq tumani hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari, hokimlik xodimlari, mahallalarda faoliyat ko‘rsatayotgan hokim yordamchilari, maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi, kadastr, qurilish bo‘limi, tibbiyot birlashmalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda  korrupsion xavf-xatarlarning oldini olish, kelib chiqish sabablarini barvaqt aniqlash, bunday omillarni tamomila bartaraf etish kabi muhim vazifalar muhokama etildi. Ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatining asosiy tushuncha va tamoyillari haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida huquq-tartibot idoralarining mas’ul xodimlari so‘zga chiqib,  korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tdilar. Ushbu targ‘ibot tadbirida viloyat hokimligi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i Farhod Nugmanov ham ishtirok etdi.