Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI HOKIMINING NAVBATDAGI QABULI BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-11-22 16:39:51    213

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev aholi vakillari bilan, ularni qiynab kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan navbatdagi fuqarolar qabuli tuman Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tdi.
Fuqarolar murojaatlari qabulida sektor rahbarlari,  tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Qabulda asosan oilaviy masalalar, ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratish, subsidiya asosida uy-joy bilan ta’minlash, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, bir martalik moddiy yordam tayinlash, yashab turgan xonadonini ta’mirlab berish, kadastr, sud-huquq masalalari bilan bog‘liq muammolar va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Har bir fuqaro bilan suhbat davomida ularga muammosiga bevosita bog‘liq bo‘lgan tashkilot rahbarlari biriktirilib va hal etish choralari ko‘rildi. Bundan tashqari kredit ajratish, moddiy yordam tayinlash va ishga joylashish singari masalalar yuzasidan qilingan murojaatlar yuzasidan qonun doirasida tushuntirishlar berildi.