Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATINING RASMIY MUNOSABATI
2023-11-23 16:43:10 215
Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarning birida “Farg‘ona viloyati Toshloq tumani Besarang qishlog‘i fuqarolaridan murojaat: Qishloq odamlarining aytishicha, ikki yilcha avval Yozyovon tumani bilan bog‘lovchi yo‘lning suv quvuri o‘tgan, burilish qismi shu yerdagi fermer tomonidan buzilgan, lekin shu paytgacha to‘g‘rilab qo‘yilmagan. Bundan tashqari o‘sha fermer qishloq ayollarini ishlatib pulini bermaganini ham aytishmoqda. Fermer esa har ikki masalani ham rad etyapti”,-degan mazmunda video murojaat e’lon qilingan edi.
Ushbu murojaat tuman hokimligi tomonidan nazoratga olinib, o‘rganish uchun ishchi guruh tuzilgan. O‘rganishlar bo‘yicha biroz muddatdan so‘ng ma’lum qilamiz.