Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Yer – daromad manbai.
2023-11-24 15:24:42 188
Toshloq tumanida har qarich yerdan oqilona foydalanib, halol mehnat bilan katta daromad topayotgan mirishkorlar talaygina.
Yer – daromad manbai. Bugungi kundagi sharoit va imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalangan yurtdoshlarimiz o‘zlarining tomorqasini oilasining asosiy daromad manbaiga aylantirgan.
Toshloqlik mirishkor dehqonlar ham o‘z tomorqasidan samarali va unumli foydalanib, yil davomida bir necha marotaba hosil olishmoqdalar.
Tumandagi “Xotinqumi” mahalla fuqarorlar yig‘inida istiqomat qilayotgan Alijon Xoshimov bo‘sh turgan 15 sotixli yer maydonidan unumli foydalanib ikkita issiqxona barpo etdi.
—O‘tgan yili limon hosilidan 10 milliondan ortiq daromad qildik. Bu yil ham hosil mo‘l bo‘ldi,—deydi A. Xoshimov. Bundan qanoatlanib qolganim yo‘q. Internetdan qulupnay yetishtirishni kuzatib qiziqib qoldim. Hokim yordamchisi To‘lqinjon Ibragimov tavsiyasi bilan 30 million so‘m imtiyozli kredit olib 700 tup qulupnay ko‘chatini gidroponika usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘ydim.
Yer bilan tillashib mehnatidan qochmay yangiliklar izlagan qahramonimiz qulupnay yetishtirish usullarini Toshkentga borib o‘rganib kelib o‘zida tajriba qilish uchun Koreyaning “Solxyang” navli ko‘chatini parvarishlab o‘tgan yili qish mavsumida bir kilogrammini 130 ming so‘mgacha sotib daromad olishga erishdi. Bu yil ham hosil kam emas. Issiqxonada ko‘zni quvontirib yaxshi parvarishlangan qulupnaylar ayni hosilga kirgan. Noyabr oyidan to may oyigacha hosil beradigan qulupnayning daromadi ham yomon emas.