Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA 3 DEKABR — «XALQARO NOGIRONLAR KUNI» MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI O‘TKAZILDI

×

 2023-12-05 11:48:10    158

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning to‘laqonli a’zosi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida turli tadbir va islohotlar amalga oshirilmoqda. 
Bugun «Ufq» to‘yxonasida Nogironlar kuni munosabati bilan tuman “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan bayram tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda so‘z olganlar 3 dekabr sanasida nogironligi bo‘lgan shaxslar kunining nishonlanishidan asosiy maqsad butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosida ishtirok etishini, nogironlarning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, bu borada esa mamlakatimizda keng qamrovli ishlar olib borilayotganligini aytib o‘tdilar.
Bayram tadbirida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuhratjon Musayevlar tadbir ishtirokchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar. Konsert dasturida san’atkorlarning chiqishlari namoyish etilib, tadbir qatnashchilariga bayromona kayfiyat ulashildi.