Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI QABUL QILINGANINING 31 YILLIGI TOSHLOQ TUMANIDA KENG NISHONLANDI
2023-12-07 17:25:43 164
Sana munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida tumandagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Dastlab, tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev kirish so‘zi bilan ochib, tadbir qatnashchilarini qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. Tuman hokimi o‘z so‘zida barchamiz uchun muqaddas sanalgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun har bir yurtdoshimiz o‘zgacha faxr-iftixor va yuksak g‘urur bilan nishonlaydigan ayyomga aylanganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. “Zakovat" intellektual o‘yinda 25 dan ortiq jamoalardan 150 nafardan ziyod ishtirokchilar qatnashib o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda 1-o‘rin 2-sonli kasb-hunar maktabini "Renessans" jamoasiga, 2-o‘rin Yoshlar ishlari agentligi bo‘limini "Yoshlar" jamoasiga, 3-o‘rin Adliya bo‘limini "Adolat" jamoalariga nasb etdi.
Hamkor tashkilotlar tomonidan musobaqa g‘oliblariga diplom va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.