Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"TASHABBUSLI BYUDJET": MAKTAB BINOSI ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETADI

×

 2023-12-07 18:37:30    140

PDF yuklash
Chop etish


Jamoatchilik fikri asosida shakllangan loyihalar asosida Toshloq tumanidagi umumta’lim maktablarida ham keng ko‘lamli yangilanishlar amalga oshirilmoqda.
Tumandagi “Teraktagi” MFYda joylashgan 49-umumta’lim maktabi ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish uchun munosib hamda zamonaviy shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ilgari surilgan tashabbus g‘olibi deb topilgan edi. Natijada mazkur o‘quv maskanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida qo‘shimcha 144 o‘rinli o‘quv binosi qurib bitkazildi. Bino qurilishi uchun 1 milliard 200 million so‘m mablag‘ sarf etildi. 
Bugun ushbu o‘quv binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman prokurori Shuhratjon Musayev hamda mahalla faollari, maktab jamoasi ishtirok etdi. Mehmonlarga zamonaviy barpo etilgan binoda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.