Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA OILAVIY BOLALAR UYI TARBIYALANUVCHISIGA DAVLATIMIZ RAHBARINING SOVGʻASI – XONADON KALITI TOPSHIRILDI

×

 2023-12-09 13:36:08    166

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz rahbari tomonidan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, qo‘llab-quvvatlash masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda.
“Sadda” MFY, A.Navoiy ko‘chasidagi ko‘p kvartirali uyda joylashgan xonadonlarning biri  oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchisi Ziyodaxon Akramovaga tuhfa etilgani ham ana shunday e’tibor namunasi bo‘ldi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman “Nuroniy” jamg‘armasi raisi O‘rmonjon Karimov hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
O‘z navbatida Ziyodaxon Akramova mehmonlar bilan muloqotda Prezidentimizga cheksiz minnatdorchilik bildirdi va kelajakda el-yurtga sadoqat bilan xizmat qiladigan inson bo‘lishini ta’kidladi.