Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TUMAN HOKIMI NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULINI O‘TKAZDI

×

 2023-12-12 15:44:38    197

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev aholi vakillarini qabul qildi.
Qabulda tumandagi barcha tashkilotlardan vakillar ishtirok etishdi. Unda tumanning turli manzillaridan kelgan fuqarolar murojaatlari tinglandi. Fuqarolarning murojaatlarini batafsil o‘rganib chiqish, qonun doirasida ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. 
Qabul davomida 20 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 5 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 2 nafar fuqaroga moddiy yordam ajratish belgilanib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 3 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, qabul so‘ngida tuman hokimi kunlik va sayyor qabullar davomida qabul qilingan murojaatlarning ijobiy hal etilish darajasini ham muhokama qildi. Belgilangan muddatda ijro etmagan, murojaatlarni ijobiy hal etilishiga befarq bo‘lgan mas’ullarga ogohlantirishlar berildi.