Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
Toshloq tumani hokimi 1-sektor hududida istiqomat qilayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
2023-12-13 15:58:33 187
Bugun Toshloq tumani hokimi 1-sektor rahbari Abduqahhor Djurabayev yoshlar bilan uchrashib, bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar xususida suhbatlashdi.
Xususan, Toshloq tumanida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash, ehtiyojmand yoshlarga moddiy va boshqa turdagi amaliy ko‘mak berish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu kuni tuman hokimi 1-sektor binosida yoshlar bilan suhbatlashib, ularning murojaatlarini ham tingladi. Yoshlarning muammolari bo‘yicha ishga joylashtirish, kontrakt to‘lovi, moddiy yordam ko‘rsatish kabi murojaatlarni imkon qadar hal etish choralari to‘g‘risida mas’ullarga topshiriqlar berdi.