Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
So‘ragan edingiz-javob beramiz... Savol: Ko‘p yillik ish stajiga ega tibbiyot xodimlariga ustamalar to‘lanish tartibi qanday?
2023-12-18 12:53:46 171
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 276-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmasevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi NIZOMGA asosan,
Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmasevtika xodimlariga quyidagi ustamalar to‘lanishi kerak:
uzluksiz ish staji 5 yildan 10 yilgacha – tarif stavkasining 5 foizi;
uzluksiz ish staji 10 yildan 15 yilgacha – tarif stavkasining 10 foizi;
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha – tarif stavkasining 15 foizi, oliy ma’lumotli hamshiralar uchun tarif stavkasining 20 foizi;
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq – tarif stavkasining 20 foizi, oliy ma’lumotli tibbiyot hamshiralari uchun tarif stavkasining 30 foizi.
Toshloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Z.Akramov