Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BILASIZMI.... ijtimoiy nafaqa oluvchi yolg‘iz shaxslarga har oylik kompensatsiya to‘lanadi
2023-12-21 13:45:15 181
Ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etilgan.
Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida (167 ming 400 so‘m) to‘lanadi.
Shuningdek, yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi (372 ming so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilangan.
Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlagan tashkilot orqali moliyalashtiriladi.
Kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi.
Toshloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Z.Akramov