Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
BILASIZMI.... Garov bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish tizimi yanada takomillashtiriladi
2023-12-25 15:17:47 181
2024 yil 1 yanvardan
Markaziy bankning garov bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:
➖to‘lovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonida kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini garovga qo‘yilgan mol-mulk qiymatidan qanoatlantirishda ularga mutlaq ustunlik berish;
➖garovga qo‘yilgan mol-mulkni takroriy auksionda sotish mumkin bo‘lgan eng past narxni auksion ob’yekti boshlang‘ich narxining 80 foizi miqdorida belgilash;
Bunda, mol-mulk takroriy auksionda realizatsiya qilinmasa, undiruvchiga ushbu mol-mulkni auksion boshlang‘ich narxidan 25 foiz past qiymatda o‘zida qoldirish taklif qilinadi.
➖undiruvga qaratilgan garovga qo‘yilgan mol-mulkning ochiq kimoshdi savdosida sotilishini garovga qo‘yuvchining iltimosiga asosan kechiktirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi;
➖qarzdorning ixtiyoriy ravishda tugatilishi jarayoni boshlanishi munosabati bilan davlat ijrochisi tomonidan ijro ishini tamomlash hamda mol-mulkni tasarruf qilishga doir cheklovlarni olib tashlash amaliyotini bekor qilish.
Toshloq tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Z.Akramov