Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QUROLLI KUCHLARI TASHKIL ETILGANINING 32 YILLIGI HAMDA 14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI TOSHLOQ TUMANIDA KENG NISHONLANDI.

×

 2024-01-11 12:29:00    179

PDF yuklash
Chop etish


Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligini hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni mamlakatimizda keng nishonlanmoqda.
Bugun Toshloq tumanida sana munosabati bilan tuman markazida ofiser, serjant va askarlarning orkestr sadolari ostidagi harbiy paradi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng, Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri 2-umumta’lim maktabida davom etdi. Konsert dasturlari, ko‘rgazmali sport o‘yinlari tashkil etilib, harbiy qurol-aslahalar namoyishi bayram ishtirokchilarida juda katta taassurotlar qoldirdi. 
Bayram tadbirida yoshlar, mudofaa hamda ichki ishlar bo‘limlari, prokuratura xodimlari, harbiylar, sektorlar rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Dastlab, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev so‘zga chiqib, barchani 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlar tashkil etilganligining 32 yilligi bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. Mamlakatimizda milliy armiyamiz izchil rivojlanib borayotganini, uning jangovar qobiliyati ortib, mudofaa qudratimiz mustahkamlanayotgani, xalqimizning osoyishta hayoti ta’minlanayotganini ta’kidlab o‘tdi. Tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Zokirjon Rahmonov hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Ma’sudjon Sulaymonovlar so‘zga chiqib  barchani bayram bilan tabrikladilar. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida milliy mustaqilligimizni mustahkamlash, chegaralarimiz daxlsizligini saqlash, fuqarolarimizning tinch va osuda hayotini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ta’kidlab o‘tdilar.
Tadbirda bir guruh harbiy xizmatchilar hamda mehnat faxriylari tuman hokimining tashakkurnomalari va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shundan so‘ng, bayram tantanalari san’atkorlarning vatanni madx etuvchi, mardlik va jasurlikni ulug‘lovchi konsert dasturi bilan davom etdi.