Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TOSHLOQ TUMANIDA JURNALIST VA BLOGERLAR UCHUN PRESS-TUR VA MATBUOT ANJUMANI O‘TKAZILDI
2024-01-22 18:12:55 116
Bugun Toshloq tumanida Farg‘ona viloyati hokimligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamkorligidagi media-rejaga asosan, press-tur hamda matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Dastlab, press-tur doirasida OAV vakillariga Toshloq tumanida aholi o‘z tomorqasidan samarali foydalanishi, issiqxonalarda daromad topayotgan mirishkor dehqonlar faoliyati tanishtirildi.
«Qanjirg‘a» MFYda istiqomat qilayotgan Adhamjon Hoshimov tomorqasining 15 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etgan. Hozirda issiqxonalarda karam hamda pomidor ko‘chatlari ekilib, parvarishlanmoqda. Press-tur ishtirokchilariga issiqxona barpo etib, kuz-qish mavsumida ham turli mahsulot yetishtirishda boy tajribaga ega A. Hoshimov faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Navbatdagi manzil «Yangi yo‘l» MFY hududida joylashgan "VALLEY PARADISE GARDENS" MCHJ bo‘ldi. Tadbirkor Farhodjon Zokirov 1 gektar yer maydoniga issiqxona barpo etib, hozirda undan unumli foydalanmoqda. Issiqxonaning pomidor ko‘chatlari ekilgan joyida 15–17 nafar xodim mehnat qiladi. Qish kunlari issiqxonada havo harorati kechasi 17–18 daraja iliq, kunduzi esa 27 daraja bo‘lishi ta’minlanmoqda.
Press-tur ishtirokchilari ushbu MFYdagi «Vodiy Zangota gavhari» fermer xo‘jaligining issiqxonalarida ham bo‘ldi. Loyiha qiymati 2 mlrd 278 mln so‘mlik limon va poliz ekinlariga ixtisoslashgan issiqxonada 1,8 gektar yer maydonida 2 ming tup limon ko‘chati parvarishlanmoqda. Limon ko‘chatlari orasiga 30 ming tup karam ko‘chatlari ham ekilgan.
Shu kuni media-rejaga asosan matbuot anjumani ham o‘tkazildi. Unda Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari ishtirok etdi. Tuman hokimi OAV vakillariga hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi.
Matbuot anjumanida jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.