Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
2022-yil 2-avgustga qadar bo’lgan davrda 15 yillik ish stajiga ega oliy ma’lumotli o’qituvchilarning toifasi umrbod saqlanishi kerak.
2024-01-23 08:26:45 172
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, professional va maktabdab tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog kadrlarini attestatsiyadan o’tkazish to’g’risida” nizomning 6-bandiga asosan 15 yil uzluksiz ish stajiga ega oliy toifali o’qituvchilarning toifasi saqlanishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ular majburiy attestatsiyaga jalb qilinmaydi. Biroq ushbu bandga 2022-yil 2-avgustda 425-sonli Vazirlar Mahkamasining qarori bilan o’zgartirish kiritilgan. Qoidaning mazmuniga ko’ra, pedagog xodim oliy toifani olgandan so’ng uni 3 marta himoya qilgan bo’lsa, (15 yilga teng) uning toifasi saqlanadi. Demak, oliy toifani 15 yil davomida himoya qilgan xodimning toifasi umrbod saqlanishi kerakligi haqidagi qoida ushbu sanadan kuchga kirgan. Xulosa shuki, 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo’lgan oliy toifali pedagoglarning toifasi saqlanib qoladi va ular majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Sardor Iminboyev,
Marg‘ilon shahar Yuridik xizmat ko‘rsatishmarkazi
bosh yuriskonsulti uchinchi darajali yurist.