Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“OBOD XONADON – OBOD KO‘CHA – OBOD MAHALLA” MEZONLARI – AMALDA
2024-01-23 17:27:38 158
Davlat rahbari topshirig‘iga asosan butun mamlakatimiz bo‘ylab eng chekka va olis hududlarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Xususan, tumandagi “Piyozchilik” MFYda ham bu borada kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublika ishchi guruhi boshchiligida uyma-uy xatlovlar o‘tkazilib, natijalari asosida muammolarni bartaraf etish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi.
Bugun, Prezident Adminstratsiyasi mas’ul xodimi Faxriddin Musayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Xojiqo‘zijon Isaqov, tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari ushbu mahallada bo‘lishib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Xonadonlar va ko‘chalarni obod qilish bo‘yicha belgilab berilgan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.