Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 75 SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
2024-01-25 16:54:11 126
Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektorlar rahbarlari, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Sessiya kun tartibida deputatlar tomonidan 6 ta masalalar muhokama etildi.
Dastlab sessiya kun tartibida 2023 yilda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevning hisoboti tinglandi.
Kun tartibidagi keyingi 2-masala Toshloq tuman prokuraturasining 2023 yil davomida amalga oshirilgan faoliyati to‘g‘risida tuman prokurori Shuxratjon Musayev hisobot berib o‘tdi.
Sessiya kun tartibidagi 3-masalada Toshloq tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining 2023 yil davomida norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati to‘g‘risida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Yaxyobek Zulfiqarov ma’lumot berib o‘tdi.
Navbatdagi masalada Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Toshloq tumani bo‘limi tomonidan 2023 yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida MIB tuman bo‘limi rahbari Jasurbek Dehqanovning hisoboti tinglandi. Keyingi masala yuzasidan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ulug‘bek Isaqov Toshloq tumanida 2023 yil davomida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilgan ishlar to‘g‘risida axborot berib o‘tdi.
Navbatdagi masalada 2023 yilning 4-choragida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar va Toshloq tumani mahalliy byudjetining 2023 yil 4-chorakdagi ijrosi to‘g‘risida tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Jasurbek Qurbonov hisobot berdi.
Sessiya yakunida kun tartibida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.