Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: FUQAROLARNING MUAMMOLARI HAL ETILDI.
2024-01-30 17:02:20 139
Fuqarolarning og‘irini yengil qilish maqsadida bugun Xalq qabulxonasi binosida Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda kommunal, bandlik, sog‘ligini tiklashda amaliy ko‘mak, tadbirkorlik uchun yer, kredit, yo‘llarni ta’mirlash, uy-joy va moddiy yordam masalalari yuzasidan 21 dan ortiq murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning aksariyatiga huquqiy tushuntirish berildi. Qabul jarayonida 12 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida bartaraf etilib, muddat talab qilinadiganlari bo‘yicha esa mas’ul mutasaddilar belgilanib, ijrosi tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Fuqarolarning murojaatlari ijrosini nazoratga olish borasida esa mutassaddilarga topshiriq berildi.