Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 83 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QIShDA QULUPNAY PIShDI: BIR MAVSUMDA 30 MILLION SOʻM DAROMAD

×

 2024-02-01 16:22:05    174

PDF yuklash
Chop etish


Gʻiyosbek Tursunov bir qancha muddat Rossiya federasiyasida ishlab vatan qadri, oila sogʻinchini his qilganlardan. Oʻz yurtiga qaytgan Gʻ. Tursunov “Xoʻjaariq” mahalla fuqarolar yigʻini hokim yordamchisi Qahramon Ahmedovning tavsiyasi bilan imtiyozli kreditdan 30 million soʻm olib yashash xonadonida boʻsh turgan 8,5 sotixli er maydonida ikkita issiqxona barpo etdi. Issiqxonada qishda ham qulupnay etishtirishni yoʻlga qoʻydi. 
Ikkita issiqxonaga jami 6400 tup koreyaning “MaeHyang” va Evropaning “Clery” navli qulupnay koʻchatlari avgust oyining oxirlarida ekilgan. Noyabr oyi oʻrtalarida 3,5 sotixli issiqxonadagi koreyaning “MaeHyang”  navli qulupnayi pishib etilib ilk daromadini berishni boshladi. Evropaning “Clery” navli qulupnay koʻchatlari esa 5 sotixli issiqxonada pishib etilishi uchun alohida parvarishlanmoqda. (https://t.me/toshloq_axborot_xizmati)
—Qilgan mehnatlarimiz samarasi bugungi kungacha 30 millionga yaqin daromad oldik. Issiqxonada qulupnay yana pishib etilmoqda. Olgan daromadlarimiz hisobiga issiqxonada issiqliq tizmini tashkillab, qulupnay navlarini koʻpaytirish evaziga moʻl hosil olib daromadimizni yanada oshiramiz,—deydi Gʻ. Tursunov.