Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 80 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Bugun O‘zbekiston mahallalari uyushmalari Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i Adxam Ziyavitdinov Toshloq tumanidagi mahallalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

×

 2024-02-02 15:47:46    168

PDF yuklash
Chop etish


Adxam Ziyavitdinov tumandagi “Piyozchilik”, “Qanjirg‘a” hamda “Axshak” MFYlarda bo‘lib, “Mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi. MFY raislari, hokim yordamchilar, profilaktika inspektorlari, soliq inspektorlari, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetkachilari bilan suhbatlashdi. Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, aholi orasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, migratsiya masalalari, aholi bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviy va ma’rifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda fikr almashildi.
Shuningdek, A. Ziyavitdinov “Piyozchilik” MFYda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Ayni kunlarda mahallada “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shundan so‘ng, “Qanjirg‘a” MFYda tomorqadan samarali foydalayotgan, issiqxonalarda daromad topayotgan xonadonlar ham tanishtirildi.