Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"POSCO International Textile" MCHJni ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish masalalari yuzasidan muloqot o‘tkazildi.

×

 2024-02-07 08:34:33    56

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov Toshloq tumanida bo‘lib, tumandagi ishlab chiqarish faoliyati hamda hajmi pasaygan korxonalar bilan tanishdi.
Dastlab, viloyat hokimi o‘rinbosari "POSCO International Textile" MCHJning bosh direktori Son Won Kyung hamda direktor o‘rinbosari Chang Sung Holar bilan uchrashdi. Muloqot davomida keyingi yillarda korxonaning ishlab chiqarish xajmini keskin pasayib ketish omillari muhokama qilindi. Korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha xaridor va buyurtmachilarni jalb qilishni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda korxona bosh direktori Son Won Kyung tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni xal etish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yangi raqobatbardosh mahsulot turlarini o‘zlashtirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi. Korxonada kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar ko‘rib chiqilib, korxonaning to‘liq quvvatda ishlashi hamda qo‘shimcha ishchi o‘rinlarni tashkil etish bo‘yicha  muhokamalar olib borildi.