Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“AXSHAK” MAHALLASINING DRAYVERI ISSIQXONA VA DEHQONCHILIK HISOBLANADI

×

 2024-02-07 08:37:25    63

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Xabib Sirojitdinov tumandagi mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilar bilan uchrashdi.
“Axshak” MFYda bo‘lib o‘tgan tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari hokim yordamchilari aholi bilan har kuni ishlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazishi, tadbirkorlikka va dehqonchilikka o‘rgatish orqali ularni kambag‘allikdan chiqarish kabi katta mas’uliyatli vazifa yuklatilganligini ta’kidlab o‘tdi. Hokim yordamchilari mahallada aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish, kredit, subsidiya ajratish, kooperatsiyani rivojlantirish, ishsiz fuqarolarni kasbga yo‘naltirish borasida tizimli ishlarni olib borish lozimligini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, yig‘ilish qatnashchilariga “Axshak” mahallasida tomorqadan samarali foydalanib, issiqxonada dehqonchilik qilayotgan xonadonlar namuna sifatida tanishtirildi.
Axshakliklar o‘z xonadonlarida issiqxonalar barpo etib, yilning to‘rt faslida ham dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar. Yerdan barakali hosil olish hadisini o‘zlashtirganlar. Asosan, aholi issiqxonada pomidor, bulg‘or qalampiri, ko‘katlar yetishtirib yaxshigina daromadga ega bo‘lmoqdalar. Shu kuni hokim yordamchilari issiqxonadan daromad topayotgan xonadonlarda bo‘lib, mirishkor dehqonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.