Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANI MAHALLIY BUDJETINING 2023-YIL IV-CHORAKDAGI IJROSI TO‘G‘RISIDA.

 2024-02-08 09:50:12    163

PDF yuklash
Chop etish


 O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27 va 165-moddalari va “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 6 va 24-moddalariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13- dekabrdagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy budjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha Soliq va Moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5283-sonli Farmoni hamda tuman mahalliy budjetining 2023-yil IV chorakdagi ijrosi yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limini hisobotini tinglab, atroflicha muhokama qilib, xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi QAROR QILADI:

1. Tuman mahalliy budjetning 2023-yil IV chorakdagi ijrosi to‘g‘risidagi Toshloq tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i J.Qurbonovning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Toshloq tuman mahalliy budjetining 2023-yil IV chorak ijrosi to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra Toshloq tumani mahalliy budjetining 2023-yil IV chorak mahalliy budjet daromadlari 86,726 mln. so‘m (102.9%)ga va mahalliy budjet harajatlari kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga 297,654 mln. so‘m miqdoridagi ijrosi ma’qullansin.

3. Toshloq tumani mahalliy byudjetining 2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari 1 012,0 mln.so‘mni tashkil etganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

4. Quyidagilar: - tuman mahalliy budjetining 2024-yil boshida shakllangan erkin qoldimablag‘lari sarflanishi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. - tuman mahalliy budjetining 2023-yil 4-chorak davomida kiritilgan o‘zgarishlari bilan aniqlangan reja bo‘yicha daromadlar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin; - tuman mahalliy budjetining 2023-yil 4-chorak da kiritilgan o‘zgarishlari bilan aniqlangan reja bo‘yicha xarajatlar miqdori 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. 5. Mazkur qaror asosida mablag‘ ajratilayotgan budjet tashkilotlari va budjet mablag‘i oluvchilar rahbarlari ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanilishini hamda moliyalashtirish manbasini ochish uchun o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlarni hamda mablag‘larni ishlatish yakuni bilan tegishli hisobotlarni tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi hamda g‘aznachilik hizmati bo‘limlariga taqdim etilishini ta’minlash vazifalari yuklatilsin.

6. Tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (J.Qurbonov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (X.Xudoynazarov), tegishli idora va tashkilotlar hamda hududiy budjet mablag‘lari taqsimlovchilari bilan birgalikda xalq deputatlari tuman Kengashiga mahalliy budjetning ijrosi to‘g‘risida har chorakda hisobot berib borilishini ta’minlasin.

7. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Umarov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi (X.Xudoynazarov)larga: - soliq solish obyektlari va soliq solinadigan bazani to‘liq qamrab olish, soliqlar yig‘ilishi darajasini oshirish, mavjud zahiralarni safarbar etish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali tegishli budjet daromadlari prognozining bajarilishini ta’minlash; - budjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish hamda uni tejash, budjet intizomini mustahkamlash, budjet mablag‘laridan foydalanishning natijadorligi bo‘yicha hisobdorlik tizimini kuchaytirish; - birinchi navbatda moliyalashtiriladigan (ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, oziq-ovqat, dori-darmon va kommunal xizmatlar) harajatlarni o‘z vaqtida moliyalashtirish va kreditor qarzdorlikka yo‘l qo‘ymaslik; - mahalliy davlat hokimiyati organlari, davlat soliq xizmati organlari rahbarlari budjet daromadi prognoz ko‘rsatkichlarini ortiqcha to‘langan va undirilgan soliq summalari hisobiga bajarilishiga yo‘l qo‘ymasliklari bo‘yicha qat’iy ogohlantirilganligi alohida ko‘rsatib o‘tilsin.

8. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari (K.Umarov), tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i (J.Qurbonov), tuman Davlat soliq inspeksiyasi(X.Xudoynazarov)larga: - tashqi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatni mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sirini hamda mahalliy budjetlarni balansliligini inobatga olib: - 2024-yil uchun ko‘zda tutilgan mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarini moliya yili davomida daromad manbalari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilishini hamda hududlar o‘rtasida soliq yukini inobatga olgan holda qayta taqsimlab borish;

9. Mazkur Kengash qarori ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarov hamda xalq deputatlari tuman Kengashining “Mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.