Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA OCHIQ MASHGʻULOTLAR KUNI O‘TKAZILDI

×

 2024-02-08 16:21:15    166

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda “Barkamol avlod” bolalar maktabi hamkorligida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, to‘garak mashg‘ulotlarini qiziqarli hamda yangi o‘quv metodlardan foydalangan holda o‘tilishini ta’minlash maqsadida ochiq mashg‘ulotlar kuni tashkil etildi.
Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasidan Gulnora Qo‘chqorova, viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori Ziyodjon Yo‘ldashev hamda uslubchilar, to‘garak rahbarlari ishtirok etdilar. “Barkamol avlod” bolalar maktabida oila hamshirasi, badiiy gimnastika, yosh qandolatchi, ingliz tili to‘garaklarida ochiq mashg‘ulotlar namoyish etildi.   
To‘garaklarda turli qiziqarli o‘yinlar, interfaol mashg‘ulotlardan foydalanildi. Mashg‘ulotlar so‘ngida o‘tkazilgan seminarda ochiq mashg‘ulot tahlili tashkil etildi. Ishtirokchilarning fikr mulohazalari bildirildi. Toshloq tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi namunali deb topildi.