Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA ALISHYeR NAVOIY TAVALLUDINING 583 YILLIGIGA BAGʻISHLANGAN BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2024-02-09 13:20:28    53

PDF yuklash
Chop etish


Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan har yili 9 fevral sanasi yurtimizda katta shodiyona sifatida bayramona kayfiyatda nishonlanib kelinadi. Mazkur sana munosabati bilan “Nayman” madaniyat uyida 18-umumta’lim maktabi ham tadbir o‘tkazdi.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.
Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy g‘oyalarni, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi va cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, millionlab kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan.
Tadbir davomida 18-umumta’lim maktab o‘quvchilari tomonidan Navoiy ijodidan she’r, g‘azal va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.