Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 82 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FUQAROLAR QABULIDA MUROJAATLAR O‘Z YeCHIMINI TOPDI

×

 2024-02-14 13:51:17    224

PDF yuklash
Chop etish


Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, aholini o‘ylantirayotgan muammolarga tezkor va joyida yechim topishning zamonaviy va samarali mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi, odamlarning adolatga, davlatga, ertangi kunga ishonchini mustahkamlamoqda.
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayevning navbatdagi fuqarolar qabuli tuman “Xalq qabulxonasi” binosida bo‘lib o‘tdi. 
Fuqarolar qabulida tuman Xalq qabulxonasi mudiri, tuman prokurori, tegishli tashkilot, korxona rahbarlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Fuqarolarimiz tomonidan subsidiya asosida uy-joy olishda amaliy yordam berish, oilaviy masalalar, ishga joylashish, davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, uy joyini ta’mirlashda yordam so‘rab, tadbikorlik faoliyatini boshlash maqsadida yer maydoni ajratib berish, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlariga kiritish, bir martalik moddiy yordam, yoshga doir bolalar puli va nogironlik nafaqasi olishda yordam so‘rab va yana bir nechta turdagi masalalar yuzasidan murojaat qildilar.
Qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi va shu kunning o‘zida 14 ta murojaat o‘z yechimini topdi. Muddat talab qiladigan murojaatlar asosida tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.