Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 49 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"Piyozchilik" mahallasida “Sport salomatlik garovi” shiori ostida xotin-qizlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.

×

 2024-02-16 14:08:43    57

PDF yuklash
Chop etish


     Ayni damda “Piyozchilik” mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish maqsadida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun mahalla aholisi ishtirokida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi va tibbiyot birlashmasi hamkorligida sport musobaqalari tashkil etildi. Tadbirni tuman hokim o‘rinbosari U. Marasulova ochib, oilalar tinchligi va farovonligi, oilada tibbiy madaniyatni oshirish to‘g‘risida gapirib o‘tdi.  
Tibbiyot birlashmasi salomatlik va strategik rivojlanish bo‘limi xodimlari tomonidan "Sog‘lom ovqatlanish va jismoniy faollik"ni targ‘ib qiluvchi ko‘rgazmalar tashkil qilindi. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi bukletlar tarqatildi. 
Tadbir doirasida piyoda yurish marafon, shaxmat, shashka, tennis musobaqalari o‘tkazildi. 
Gʻoliblar homiylar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.