Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA “INSON” IJTIMOIY XIZMATLAR MARKAZINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-02-17 15:05:56    164

PDF yuklash
Chop etish


So‘ngi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi ham insonga e’tiborning navbatdagi ko‘rinishidir.
Bugun Toshloq tumanida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, sektor rahbarlari, nuroniylar va faollar ishtirok etdi. Unda so‘z olgan tuman hokimi prezidentimiz tashabbusi bilan aholi farovonligi va inson qadr qimmati uchun tashkil qilinayotgan mazkur tizimda fuqarolar manfaati ko‘zlanganligini, ushbu markazlar xalqimiz orasida ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish hamda aholi ehtiyojlarini qondirish va muammolarini bartaraf qilishda yuqori samara berishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir ishtirokchilari yangi va zamonaviy jihozlangan ushbu markaz binosida fuqarolar hamda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar.
Endilikda bu binoda ijtimoiy xizmat va yordamlarning 49 turi, jumladan, nogironlikni belgilash, protez-ortopediya bilan ta’minlash, sanatoriylarga yuborish, psixologik yordam va ijtimoiy nafaqa tayinlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.