Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


«JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT» SHIORI OSTIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR BO‘LIB O‘TDI

×

 2024-02-21 14:04:34    169

PDF yuklash
Chop etish


Bugun tuman hokimligida yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, kelajagimiz vorislarini millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik hamda ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida «Jaholatga qarshi ma’rifat» shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tuman faollari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbirda bugungi kunda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotgani, vatan qadri, yurt tinchligi, hamjihatlikning qadriga yetish va farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni borasida fikrlar ilgari surildi.
Muloqot davomida  dunyoda din niqobi ostida sodir etilayotgan xunrezliklar muhokama qilinib, yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni qadriga yetish, loqayd va beparvolikka berilmaslik bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Tadbirda mavzu yuzasidan mutaxassislar fikr-mulohazalari bildirildi, "Ogoh bo‘ling" nomli videofilm namoyish etildi.