Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloqda «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi

×

 2024-02-26 15:20:25    185

PDF yuklash
Chop etish


Bugun mamlakatimiz bo‘ylab  O‘zbekiston Respublikasi  Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda.
Toshloq tumanidagi 2-umumta’lim maktabida tumandagi 48 ta maktabdan saralangan 240 nafar o‘g‘il-qiz xorijiy tillar bo‘yicha o‘z bilim va mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Tanlovda o‘quvchilar sinf xonalariga kirishdi. Testlar solingan quti ochilib, uning haqqoniyligi o‘quvchilarga ko‘rsatildi va ruxsat berildi.
Tanlov nizomiga muvofiq eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi va tanlov g‘oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrin ya’ni tuman bosqichida 1-o‘rin uchun — 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 50 million so‘m bilan taqdirlanadi.