Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 1 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


QISHLOQ AYOLLARI O‘Z HUNARI ORTIDAN OILA DAROMADIGA HISSA QO‘SHMOQDA

×

 2024-03-04 13:53:14    151

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar ayniqsa chekka hududlarda yashovchi xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo‘naltirishga katta turtki bo‘lmoqda. Bu borada Toshloq tumani “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 30 nafar tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagini bildirgan fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratilgan bo‘lib, buning natijasida kichik biznes sub’yektlarining safi ortganligi ayni haqiqat. 
Zuhraxon Abdurasulova ham mahalladagi hunarmand ayollardan. U turmush o‘rtog‘i Ikromjon Abdurasulov bilan birga xonadonida kasanachilikni yo‘lga qo‘yishgan. Hunarmand oila mavsumga qarab erkaklar poyabzallarini tayyorlaydilar. Avvaliga ikkita tikuv mashinasida ish boshlashgan bo‘lsa o‘tgan yili mahalla hokim yordamchisi M. Muhammadjonov tavsiyasi bilan 12 million so‘m imtiyozli kreditni olib tikuv mashinalari sonini ko‘paytirganlar. Bu degani ish ko‘lami ham kengayib ishchi o‘rni yaratilishga sabab bo‘ldi. Hozirda xonadonda tashkillangan kasanachilikka uch nafar ishchi ayollar olinib ularni ham manfaatdorligi ta’minlanmoqda.
—Bu hunar ortidan kam bo‘lmayapmiz. Turmush o‘rtog‘im bilan yo‘lga qo‘ygan ishimiz ortidan ro‘zg‘orimizni butlab oilamiz daromadiga ham birga hissa qo‘shyapmiz. Farzandlarimiz kamoloti yo‘lida birgina ish bilan cheklanib qolmay xonadonimizdagi bo‘sh turgan 7 sotix yer maydonidan ham unumli foydalanamiz. Bu joyda gul ko‘chatlari yetishtirib gulchilik bilan ham shug‘ullanamiz. Bu sohaning daromadi ham o‘zimizning mehnatimizga bog‘liq,—deydi Z. Abdurasulova.