Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshloq tumanidagi sanoat zonalari yo‘l bo‘ylarida "Yashil belbog‘"lar tashkillanmoqda.

×

 2024-03-09 15:44:14    162

PDF yuklash
Chop etish


So‘nggi yillarda mamlakatimizda ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, chiqindilarning insonlar sog‘lig‘iga zararli ta’sirini oldini olish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, sanitariya va ekologik holat sifatini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda.
Toshloq tumanida ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hamda davlatimiz rahbarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan farmon va qarorlarida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman hokimligi hamda tuman obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlari sa’y-harakati bilan sanoat zonalarida 1500 dan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, sanoat korxonalari atrofida, yo‘l bo‘ylarida "Yashil belbog‘"lar tashkil etildi.