Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HECH KIM E’TIBORDAN, MEHRDAN CHYeTDA EMAS

×

 2024-03-15 14:12:52    180

PDF yuklash
Chop etish


Tuman prokuraturasi tashabbusi bilan “Navro‘z” umumxalq bayrami hamda muborak Ramazon oyi munosabati bilan uy ta’limida o‘qitilayotgan imkoniyati cheklangan bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Toshloq tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uy ta’limida tarbiyalanayotgan bolalar uchun “Hamisha e’zozdasiz aziz bolajonlar!” mavzusida qiziqarli tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bolajonlar malakali shifokorlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar. Shundan so‘ng, tuman madaniyat bo‘limi tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ishtirokchilarda o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. Bolajonlar uchun “Barkamol avlod” bolalar maktabi ijodkorlari tomonidan qo‘g‘irchoq teatri namoyish etildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuhratjon Musayevlar so‘zga chiqib, barchani bayram bilan muborakbod etdilar hamda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, xususan uy ta’limida tarbiyalanayotgan bolajonlarga alohida e’tibor qaratilib, barcha sharoitlar yaratib berilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.
Shu kuni tuman prokurori katta yordamchisi X.Qurbonov hamda maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri A.Soliyevlar tumandagi jismoniy imkoniyati cheklangan, yakka tartibda ta’lim oluvchi bolalarning xonadonlariga borib, ularning holidan xabar oldilar.  Bolajonlarni bayram bilan tabriklab ularga sovg‘a ulashdilar.