Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 19 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA CHIGIT EKISH ISHLARI BOSHLANDI

×

 2024-03-19 14:39:46    49

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda yurtimiz bobodehqonlari, quyosh nurlarining tafti zamin uzra taralayotgan iliq kunlarda, yerning tobida yetilganidan foydalanib, daladagi ishlarini hamjihatlikda, tezkorlik bilan olib borishmoqda.
Xususan, Toshloq tumanida ham bahorgi dala yumushlari boshlandi. "A’zamat" fermer xo‘jaligi hududida fermerlar va soha mutaxassislari ishtirokida chigit ekish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.  
O‘tgan yili tuman fermerlari 4 ming 800 gektar maydondan 18 ming 600 tonnadan ziyod hosil yig‘ishtirib olgan edi. Joriy yilda esa 165 ta fermer xo‘jaliklari 4700 gektar maydonga asosan chigitning “S-8290” navini ekmoqda.  Chigit ekish mavsumini 10 kunlik muddatda yakunlash maqsadida tumanda mavjud 43 ta chigit ekish seyalkalari to‘liq ta’mirdan chiqarildi va otryadlar shakllantirilib, bu otryadlarga tajribali qishloq xo‘jaligi mutahassislar jalb etildi. 
“Ekspo kolor prin teks” MCHJ paxta-to‘qimachilik klaster korxonasi hamda fermer xo‘jaliklari o‘rtasida 19000 tonna paxta hom ashyosi yetkazib berish bo‘yicha fyuchers shartnomasi imzolandi. 
Seminarda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari joriy mavsumda foydalanilayotgan zamonaviy chigit ekish seyalkalarining imkoniyatlari va ish unumi bilan tanishdilar, ekish sifatini ko‘zdan kechirdilar. Tuman hokimi chigit ekish ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, texnikalardan unumli foydalanish, mavsumni tez va sifatli yakunlash borasida aytib o‘tdi.
Chigit ekish boshlanishi avvalida yaxshi niyatlar bilan jonliq so‘yilib, nuroniy otaxonlar, tejribali dehqon va fermerlar ishtirokida yil serdaromad kelishi, yerga qadalayotgan chigit barakali bo‘lishi niyat qilinib duoga qo‘l ochildi.