Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 92 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Tomorqadan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

×

 2024-03-25 08:05:19    155

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida bugungi kunda 51 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari mavjud bo‘lib, 38,6 mingta xonadonlarda 219 ming aholi istiqomat qilib kelmoqda.
Tumanda aholining asosiy qismi qishloq joylarda yashaydi va tomorqa yer maydonlari 3066 gektarni tashkil qiladi.
Tomorqa yer maydonlari unumdorligi, suv resurslariga boyligi va har bir xonadonda 15-20 sotixdan yer maydonlari mavjudligini hisobga olib 51 ta mahalladan 41 tasida ya’ni 19799 ta xonadonlarda mavjud 1175 gektar yer maydonlarida bir mahalla bir mahsulot tamoyili asosida sabzavot poliz ekinlari ekilishi rejalashtirib olingan.
"Axshak" MFYda tomorqadan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqadan yuqori daromad olishga qiziqishi bor lekin moddiy tomondan imkoniyati yo‘q bo‘lgan xonadonlarni qisqa muddatlarda aniqlash hamda ularni daromadini oshirish uchun qanday ko‘maklar kerakligini aniqlab, muammolarni bartaraf etish orqali xonadonlarni “Namunal xonadon” larga aylantirish bo‘yicha amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari K.Umarov, "Asakabank" Farg‘ona filiali boshqaruvchisi, tijorat banklari, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, MFY raislar hamda hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Seminarda so‘z olgan tuman hokimini 1-o‘rinbosari K.Umarov va Asakabank Farg‘ona filiali boshqaruvchisi mahallalardagi xonadonlar sonidan kelib chiqib 5 tadan 7 tagacha tomorqasidan yuqori daromad olishga qiziqishi bor lekin imkoniyati yo‘q xonadonlarni tanlab olib 10 aprel sanasigacha ushbu xonadonlarni “Namunali xonadon”ga aylantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishdi. Bunda har bir xonadonda 3 sotix issiqxona, 100 dona xonaki paranda, 2 bosh qoramol, 2 quti asalari oilalarini o‘z ichiga olgan imtiyozli kreditlar to‘plamidan samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.