Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“PIYOZCHILIK” OBODLIKKA YUZ TUTMOQDA
2024-03-25 16:17:32 139
Tumandagi “Piyozchilik”mahallasida “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlari doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, Faxr ko‘chasida yangi mahalla fuqarolar yig‘ini binosi qurib bitkazilmoqda. Buning uchun davlat byudjetidan 340 million so‘m mablag‘ ajratildi. Hududda ichimlik suvi, elektr energiyasi ta’minoti ham yaxshilandi. 2 km ichimlik suvi tarmoqlari tortildi. Ichki ko‘chalarda 2 km.lik piyodalar yo‘lagi qurilib aholi uchun sharoitlar yaratib berildi. 1 kilometr tuproq yo‘l esa shag‘allandi.
Ayni paytda aholi turmush darajasini oshirish, ularning munosib hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan qurilish-ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.
Bugun tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar mahalladagi xonadonlarda bo‘lib, aholiga o‘z tomorqasidan samarali foydalanish, bo‘sh turgan yerga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish zarurligini suhbat jarayonida aytib o‘tdilar.