Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


"Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish hamda “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

×

 2024-03-28 07:59:58    54

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanidagi 7- hamda 39-umumta’lim maktablarida bo‘lib o‘tgan seminarda tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman prokurori yordamchisi, mahalla yettiligi va maktab direktorlari ishtirok etdi. 
Seminarda o‘quv mashg‘ulotlar ham tashkil etilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.
Bundan tashqari  “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini keng joriy etish, “Oila-mahalla-maktab” uzviy tizimi asosida voyaga yetmaganlar bilan manzilli ishlashni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024 yil 26 fevralda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Milliy gvardiya o‘rtasida qo‘shma qaror ijrosi yuzasidan kelgusidagi vazifalar buyicha tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov,tuman prokurori yordamchisi X.Qurbonovlar  ishtirokchilarga tegishli ko‘rsatmalar berdilar.
Shuningdek, umumta’lim maktablaridagi 10-, 11-sinflarda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatga qiziqishlarini oshirish yuzasidan tuman Mudofaa bo‘limi boshlig‘i, Podpolkovnik Sh.Qosimov o‘z taqdimotlari bilan qatnashib, maktablarni chaqiriqgacha harbiy ta’lim rahbarlari bilan trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.