Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Besarangda qovun yetishtirish ommalashmoqda

×

 2024-03-28 08:02:54    166

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg‘ona viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari X.Sirojiddinov tumandagi Toshloq, Yangi yo‘l, Xonaqa hamda Besarang mahallalarida bo‘ldi. X.Sirojiddinov tomorqalardan samarali foydalanish orqali aholi daromadini oshirish va bandligini ta’minlash maqsadida “Sayxunobod tajribasi” asosida tomorqadan yuqori daromad olishga o‘rgatish bo‘yicha tijorat banklari hamda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Besarang mahalla fuqarolar yig‘inida aholining tomorqa yer maydonlari 98 gektarni tashkil etadi. Barcha xonadonlar tomorqa yer maydonlarida qovun yetishtiriladi. Qovun mahsulotlari ichki bozorga sotilishidan tashqari Rossiya hamda Qirg‘iziston davlatlariga ham eksport qilinmoqda.
Qovunlar yig‘ib terib olingandan so‘ng o‘rniga eksportbop karam ko‘chatlari ekiladi. 
2023 yil davomida "Ayollar daftari" hamda "Yoshlar daftarida" bo‘lgan fuqarolarga jami 6 gektardan ortiq maydonlar 20 sotixdan ajratildi. Bugungi kunda ushbu yer maydonlarida "Bir mahalla bir mahsulot" tamoyili asosida qovun ekildi.